Rossiyaliklar yangi zarbalar beriş, xususan, Bankovaya köçasidagi binoga hujum qiliş uçun Kiyevdagi siyosiy va harbiy obektlarni qidiriş işlarini faollaştirdi. Biroq davlat rahbariyati va ukrainaliklar mustaqillikni har qanday şaroitda himoya qilişga tayyor, deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz Telegram-kanalida. 

Uning sözlariga köra, Ukraina maxsus xizmatlari poytaxt va mamlakatning boşqa şaharlaridagi bölajak hujumlar nişonlari batafsil körsatilgan Rossiya hujjatlariga ega. 

“Bizning qölimizda Rossiya hujjatlari mavjud, ularda Kiyevga va boşqa şaharlarimizga — armiya rahbariyati, hukumat bölişi mumkin bölgan siyosiy va harbiy obektlarga, şuningdek, bu yerga — Bankovayaga zarbalar beriş uçun nişonlar taklif qilingan. Ular bu rejani ançadan beri pişitişmoqda — hozir, Erondan keyin yana faollaşib qolişdi — qayerda ekanligimizni, qayerlarda bölişimizni izlaşmoqda”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.

Zelenskiyning qöşimça qilişiça, bu nafaqat şaxsan uning öziga, balki Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyati, razvedka va maxsus xizmatlarining boşqa vakillariga ham tegişli.

Ukraina rahbari duşmanning bunday rejalari va rahbariyatni qörqitiş yoki yöq qilişga bölgan urinişlari Ukraina xalqining pozitsiyasini özgartira olmasligiga işontirdi.

“Moskvadagi allakim ukrainaliklar heç qaçon öz mustaqilligidan voz keçmasligini hali ham tuşunib yetmadi. Har qanday holatda — Bankovaya bilan yoki Bankovayasiz — öz yerimizni, suverenitetimizni, davlatimizni topşirmaymiz”, — deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.

Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi Rossiyaning yangi raketa-dron hujumlariga tayyorgarlik körayotganini tasdiqlovçi hujjatlarni qölga kiritgandi.

Uşbu ma’lumotlarga köra, Rossiya «qaror qabul qiliş markazlari» deb ataladigan obektlarga, jumladan, yigirmaga yaqin siyosiy obektlar va harbiy qömondonlik punktlariga zarba berişni rejalaştirmoqda.

Xususan, e’lon qilingan nişonlar suratlarida Kiyev markazidagi binolar, prezident ofisining turli qavatlardagi kabinetlari va davlat rahbarining dalahovlisi qayd etilgan.