Samarqandda YTHda yuk mashinalari yonib ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 16 may kuni soat 4:50 lar atrofida Paxtachi tumani hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida harakatdagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan boshqa bir yuk mashinasiga borib urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan.
YTHdan so‘ng yuk mashinalarida yong‘in chiqqan. Hodisa joyiga yong‘in o‘chiruvchilar yetib borgan. Kun.uz’ga kelib tushgan videolavhalarda ko‘rinishicha, mashinalardan biri butkul, ikkinchisi qisman yongan.
YHXX axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, YTH oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar yo‘q.
Avvalroq Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketgandi.









