O‘zbekiston | 12:00
689
2 daqiqa o‘qiladi

Asl Baraka Brand Awards International 2026 mukofotida g‘olib bo‘ldi

Asl Baraka kolbasa va go‘sht mahsulotlari brendi Brand Awards International 2026 mukofotida “Iste’molchilar orasida mehr ijtimoiy qadriyatlarini shakllantirayotgan brend” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Foto: Asl Baraka

Bu mukofot media bozorda endilikda nafaqat mahsulotlar, narxlar va reklama formatlari o‘rtasidagi raqobat, balki qadriyatlar — ya’ni brend odamlar bilan mahsulotdan tashqari yana qanday mazmun orqali muloqot qilayotgani ham tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

So‘nggi yillarda Asl Baraka “Mehr uchun vaqt toping” platformasini muntazam ravishda rivojlantirib kelmoqda. Brend bunda nafaqat mahsulotga, balki oilaga va yaqinlarga e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlik qadriyatlariga urg‘u bermoqda. O‘zbekiston uchun bu ayniqsa yaqin mavzu: ota-onaga hurmat, oilaviy yaqinlik va birgalikda vaqt o‘tkazish kundalik madaniyatning muhim qismi bo‘lib qolmoqda.

Mazkur mukofot alohida bir reklama kampaniyasini emas, balki brendning mehr mavzusini turli faoliyat va formatlar orqali umumiy kommunikatsion platformadan tortib maxsus loyihalargacha muntazam yoritib kelayotganini e’tirof etadi.

Qo‘lga kiritilgan mukofot Asl Baraka brendi uchun mehr, yaqinlarga e’tibor va sevimli insonlariga vaqt ajratish mavzusi nafaqat hissiy shior, balki barqaror pozitsiyalashuv asosi ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Reklama huquqi asosida

Фотима Анварова
Tayyorlagan Фотима Анварова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid