Loyihaga köra, davlat organi yoki boşqa taşkilotda mehnat şartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan böşatilgan xodim sönggi ikki yil davomida özi bevosita yoki bilvosita nazorat qilgan taşkilotga işga qabul qilinişi uçun korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasining xulosasi talab etiladi.

Hujjatda ta’kidlanişiça, mazkur tartibning asosiy maqsadi manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaatlar yölida foydalaniş xavfini kamaytiriş hamda “aylanma eşik” holatlariga yöl qöymaslikdan iborat.

Nizom loyihasi davlat organlari, mahalliy hokimiyatlar, davlat muassasalari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari va boşqaruv xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Unga köra, işga qabul qiluvçi taşkilot sobiq xodimning oxirgi iş joyidan korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasi xulosasini majburiy tartibda sörab olişi şart böladi. Xulosasiz işga qabul qilişga yöl qöyilmaydi.

Loyihada korrupsiyaviy xavf darajasi “past”, “örta” va “yuqori” toifalarga ajratiladi. “Yuqori” xavf aniqlangan hollarda işga qabul qiliş rad etiladi.

Şuningdek, salbiy xulosaga qaramasdan yoki xulosasiz işga qabul qilgan mansabdor şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişi mumkin.