Politico naşrining yozişiça, Kallas bu haqda 17 may kuni Tallinnda bölib ötgan Lennart Meri konferensiyasida sözlagan.
“Nega bu davlatlar Yevroittifoqni parçalaşni xohlaydi? Çunki biz birga bölsak, ança kuçli bölamiz”, — dedi u.
Kallasga köra, Rossiya, Xitoy va AQŞ YeIni yoqtirmasligining asosiy sababi — Yevropa davlatlari birlaşgan holda teng kuç sifatida harakat qila olişidir.
“Agar biz birga harakat qilsak, kuçlimiz. Albatta, katta blokka qaraganda kiçik davlatlar bilan alohida işlaş osonroq”, — dedi YeI boş diplomati.
Uning ta’kidlaşiça, “men siz bilan yaxşi munosabatdaman, lekin Yevroittifoqni yoqtirmayman” mazmunidagi ritorika AQŞning “bölib boşqar” strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Şu munosabat bilan Kallas YeIga a’zo davlatlarni Vaşington bilan ikki tomonlama kelişuvlar orqali ittifoqni zaiflaştirmaslikka çaqirdi.
“Ba’zi davlatlar şu yöldan ketayotganini körib, jiddiy xavotirdaman. Böliniş haqiqatan ham iş bermoqda”, — dedi u.
Politico qayd etişiça, Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşlanganidan keyin ayrim Yevropa davlatlari Vaşington bilan alohida aloqalarni saqlab qolişga harakat qilgan. Masalan, Italiya boş vaziri Jorja Meloni Yevropa va AQŞ örtasida vositaçi bölişga uringan, ammo bu strategiya Trampning papa Lev XIVni tanqid qilişi ortidan muvaffaqiyatsiz tugagan.
Avvalroq Kaya Kallas Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Şryoderni Rossiya bilan tinçlik muzokaralarida YeI vakili sifatida tayinlaş taklifini ham rad etgan edi.
“Agar Rossiyaga bizning nomimizdan muzokaraçi tayinlaş huquqini bersak, bu unçalik oqilona qaror bölmaydi”, — degan Kallas 11 may kuni Bryusseldagi YeI taşqi işlar vazirlari yiğini oldidan.
Kaya Kallas: Yirik davlatlar YeIni bölib taşlaşga urinmoqda
13:45 / 18.05.20263 0632 min
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Rossiya, AQŞ va Xitoy manfaatlari parçalangan Yevropa bilan boğliq ekanini bildirdi. Uning fikriça, uşbu davlatlar Yevroittifoqning kuçli va birlaşgan bölişini istamaydi.

















