Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ukrainaning Moskvaga eng yirik dron hujumi

17 mayga ötar keçasi Ukraina Rossiya poytaxtiga sönggi bir yildan ortiq vaqt içidagi eng yirik dron hujumini uyuştirdi. Oqibatda kamida tört kişi halok böldi, ulardan uç nafari Moskva viloyatida, yana biri Belgorod viloyatida qayd etilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi sönggi 24 soatda mamlakat böylab 1000 dan ortiq Ukraina dronlari urib tuşirilganini bildirdi.

Moskvaning özida havo mudofaasi kuçlari yuzdan ortiq dron yöq qilinganini bildirdi. Umuman olganda, yakşanba tongi aksar moskvaliklar uçun uçib yurgan dronlar va ularga qarşi işlayotgan PVO ovozi bilan boşlandi.

Mer Sergey Sobyanin sözlariga köra, 12 kişi jarohatlangan bölib, ularning aksariyati Moskva neftni qayta işlaş zavodiga kiriş joyi yaqinida bölgan. Garçi zavodning «texnologik qismi» zarar körmagani aytilgan bölsa ham, tarmoqlarda dahşatli yonğin videolari tarqaldi.

Prezident Zelenskiy juma kuni Rossiyaning Kiyevga ikki kun davomida uyuştirilgan eng oğir dron va raketa hujumidan söng qasos olişga va’da bergan edi. Öşanda Kiyevda 20 dan ortiq inson vafot etgandi.

Ukraina hujumini tasdiqlar ekan, Zelenskiy Moskvadagi dronlar va olovni öçirişga urinayotgan guruhlar aks etgan videoni joylaştirdi. «Rossiyaning uruşni çözayotgani hamda şaharlarimizga hujumlari tufayli bizning javoblarimiz töliq oqlanadi», dedi Zelenskiy.

Ukraina Qurolli Kuçlariga köra, zarbalardan biri Moskva yaqinidagi yuqori aniqlikdagi qurol işlab çiqaradigan zavodda yonğin keltirib çiqargan. Şuningdek, Donetsk viloyatidagi dronlar parvozini nazorat qiluvçi qömondonlik punkti ham nişonga olingan.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi Kiyevni tinç aholini nişonga olişda aybladi. «Yevrovideniye qöşiqlari sadosi ostida, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriladigan Kiyev rejimi navbatdagi ommaviy terrorçilik hujumini amalga oşirdi», dedi Zaharova.

Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşmoqda

Yakşanba kuni Birlaşgan Arab Amirliklari rasmiylari mamlakatdagi atom elektr stansiyasiga dron hujumi uyuştirilişi natijasida yonğin çiqqanini ma’lum qildi.