Özbekiston prezidenti farmoni bilan Otabek Akbaroviç Xolboyev Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari – Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Otabek Xolboyev

Otabek Xolboyev muqaddam Toşkent harbiy prokurori, harbiy prokurorning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2025 yil mayida Botir Qudratxöjayev örniga boş prokuror örinbosari – harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi.

Prezidentning boşqa bir farmoni bilan Qahramon Anvaroviç Isroilov Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari – Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Isroilov. Foto: Boş prokuratura

Qahramon Isroilov esa muqaddam Navoiy harbiy prokurori bölgan, 2022 yil dekabridan buyon Özbekiston harbiy prokurori örinbosari sifatida işlayotgandi.