Tadbir doirasida Özbekistonda işlab çiqarilişi yölga qöyilgan ilk model — JAC M3 avtomobilining yiğiş liniyasi işga tuşirildi. Mazkur loyiha mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirişga qaratilgan yirik işlab çiqariş taşabbuslaridan biri sifatida baholanmoqda.
Loyiha Xitoyning JAC Motors kompaniyasi hamda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ hamkorligida qöşma korxona şaklida amalga oşirilmoqda. Zavod içki yonuv dvigatelli, gibrid va elektromobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va işlab çiqariş jarayonlarini bosqiçma-bosqiç çuqurlaştirişni nazarda tutadi.

Umumiy investitsiya hajmi 135 mln AQŞ dollaridan oşadi. Loyiha 30 gektar maydonda ikki bosqiçda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiç (SKD) doirasida 35 mln dollar investitsiya özlaştirilib, 10 gektar hududda yiliga 10 ming dona avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega liniya işga tuşirildi. Uşbu bosqiçda 100 ta iş örni yaratildi.

Ikkinçi bosqiç (CKD) esa 20 gektar maydonda amalga oşiriladi. Töliq işlab çiqariş sikliga ega bölgan zavodni 2027 yilning 4-çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan. Mazkur bosqiç yakunida korxonaning yillik quvvati 30 mingtagaça avtomobilni taşkil etadi, mahalliylaştiriş darajasi 30 foizga yetkaziladi hamda 1000 ga yaqin qöşimça iş örni yaratiladi.
Loyiha doirasida kelgusida JAC brendining M3, M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellari işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Işlab çiqariş hajmining bir qismi eksportga yönaltirilişi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikriça, yangi işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi içki bozorda raqobatni kuçaytiradi, avtomobillar assortimenti kengayişiga va zamonaviy texnologiyalarning tezroq joriy etilişiga xizmat qiladi. Şuningdek, loyiha sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va avtomobilsozlik sohasida mahalliy işlab çiqaruvçilar uluşini oşirişga ham ijobiy ta’sir körsatadi.
Bugungi kunda Özbekistonda avtomobil sanoati iqtisodiyotning muhim yönalişlaridan biri sifatida şakllanib bormoqda. Şu nuqtai nazardan, "JAC Motors Toshkent" zavodining işga tuşirilişi işlab çiqariş hajmini oşiriş, texnologik rivojlanişni jadallaştiriş va eksport salohiyatini kengaytiriş yölidagi navbatdagi bosqiç sifatida baholanmoqda.














