Ma’lum qilinişiça, Bulunğur tumanida faoliyat yurituvçi “Buxgalteriya markazi” davlat muassasasi hisobçisi fermer xöjaligiga hisoblangan 150 mln sömlik soliq qarzdorligini kamaytirib berişni va’da qilgan. U buning uçun fermer rahbaridan avval 3 mln söm olgan.
Keyinçalik hisobçi qöşimça 15 mln söm talab qilib, uşbu mablağni Bulunğur tumani soliq inspeksiyasi boşliği örinbosari bilan birgalikda olayotgan vaqtida DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Yana bir holat Kattaqörğon tumanida qayd etilgan. 2025 yilda tuman hokimi örinbosari lavozimida işlagan şaxs fuqaroni tibbiyot birlaşmasiga işga joylaştirib qöyişni va’da qilib, evaziga 14 mln söm olgani aniqlangan. Ammo u va’dasini bajarmagan.
Tezkor tadbir davomida hozirda sobiq hokim örinbosari bölgan mazkur şaxs olgan pul mablağining bir qismi sifatida 1000 AQŞ dollarini qaytarib berayotgan vaqtida foş etilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















