20 may kuni Pekindagi Xalq yiğinlari maydonida boşlangan rasmiy uçraşuvlar – Si xuddi şu joyda Donald Trampni qabul qilganidan bir neça kun ötib, deyarli bir xil formatda yuz bermoqda.

Xitoy va Rossiya yetakçilari örtasidagi muzokaralar dastlab nozik masalalarni muhokama qiliş uçun «tor doiradagi uçraşuv» bilan boşlandi. Söngra har ikki yetakçi öz delegatsiyalari bilan «keng doiradagi uçraşuv» ötkazdi.

Putin nimalar dedi?
Putin esa öz nutqida ikki davlat örtasidagi iqtisodiy munosabatlar «yaxşi ösiş sur’atini körsatayotgani»ni aytdi. Moskva va Pekin örtasidagi munosabatlar «misli körilmagan darajada yuqori darajaga» yetdi, dedi Putin. TASS xabariga köra, u sönggi 25 yil içida Rossiya va Xitoy örtasidagi tovar ayriboşlaş hajmi 30 baravardan köproq oşganini ham qayd etgan.
Şuningdek, Kreml rahbari Yaqin Şarqda davom etayotgan inqiroz şaroitida Rossiya «işonçli energiya yetkazib beruvçi» bölib qolayotganini ta’kidladi.

BBC'ning yozişiça, Putin Sini kelgusi yili Rossiyaga taşrif buyurişga taklif qildi va Pekin hamda Moskva örtasidagi munosabatlar «global barqarorlikka yordam berayotganini» qöşimça qildi. Si oxirgi marta ötgan yilning may oyida Rossiyaga taşrif buyurgandi.
Rossiya OAVlariga köra, Putin avvalgidek Sini «aziz döst» deb atagan. Rossiya rahbari, şuningdek, xitoyça maqolni esga oldi: «Bir kun körişmasak ham, uçta kuz ötgandek tuyuladi». Bu odatda muhim voqeaning sodir bölişini yoki maqsadga erişişni uzoq va qiyinçilik bilan kutişni ifodalaş uçun işlatiladi.
Si nimalar dedi?
Si Jinping özining kiriş sözida ikki davlat — milliy taraqqiyot va qayta tiklaniş borasida bir-biriga yordam berişi kerakligini aytdi.
Si Putinga Xitoy-Rossiya munosabatlari bunday darajaga yetganining sababi – har ikki davlat «özaro siyosiy işonç va strategik hamkorlikni doimiy ravişda çuqurlaştira olgani» ekanini aytgan.




















