Putin Xitoyga keldi, Ebola tarqalişi köpaydi, AQŞ Yevropadagi harbiylarini qisqartiradi – kun dayjesti
|21:19 / 20.05.20262 8319 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Putin Xitoyga keldi
20 may kuni ertalab Si Jinping Pekindagi Xalq yiğinlari zalida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yuksak ehtirom va dabdaba bilan kutib oldi. Uçraşuv Xitoy yetakçisi xuddi şu joyda Donald Trampni qabul qilganidan bir neça kun ötib, deyarli bir xil formatda yuz berdi.
Si va Putin örtasidagi muzokaralar dastlab nozik masalalarni muhokama qiliş uçun «tor doiradagi uçraşuv» bilan boşlandi. Söngra har ikki yetakçi öz delegatsiyalari bilan «keng doiradagi uçraşuv» ötkazdi.
Xitoy OAVlariga köra, Si Jinping özining kiriş sözida ikki davlat — milliy taraqqiyot va qayta tiklaniş borasida bir-biriga yordam berişi kerakligini aytdi. Şuningdek, Si dunyo yana «çangalzor qonunlari»ga qaytiş xavfi ostida ekanini qöşimça qildi.
Putin esa öz nutqida Yaqin Şarqdagi inqiroz şaroitida Moskva «işonçli energiya yetkazib beruvçi» bölib qolayotganini ta’kidlagan va Sini kelgusi yili Rossiyaga taklif qildi.
Si Yaqin Şarqda harbiy harakatlarning yanada avj oldirilişi «maqsadga muvofiq emasligini» va «har tomonlama öt oçişni töxtatiş dolzarb ahamiyatga ega» ekanini aytdi.
Uçraşuvlar davom etmoqda. Ukrainadagi uruş xarajatlari ortib borayotgani va sanksiyalardan jabr körayotgan iqtisodiyoti tufayli özaro savdo va investitsiyalar Putin kun tartibidagi eng muhim masalalar böladi.
Ebola tarqalişi köpaymoqda
Kongo şarqida sönggi 24 soat içida Ebola virusidan vafot etişda gumon qilingan yana 26 ta holat qayd etildi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari epidemiya tarqalişidan çuqur xavotir bildirmoqda.
Yangi ölim holatlari Kongoda epidemiya bilan boğliq qurbonlar sonini 131 nafarga yetkazdi. Soğliqni saqlaş rasmiylariga köra, mamlakatda 543 ta gumon qilingan va 33 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan. Qöşni Ugandada esa 2 ta holat tasdiqlangan.
Epidemiya ekspertlarni xavotirga solmoqda. Çunki virus yomon şaroitdagi hududlarda bir neça hafta davomida aniqlanmasdan tarqalişga ulgurgan. Ekspertlarning fikriça, epidemiyani aniqlaşdagi keçikişlar — yirik donorlar global soğliqni saqlaşni moliyalaştirişni qisqartirgaç sohadagi böşliqlarni körsatgan.
Mavzuga oid
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarga Eboladagi vaziyatdan xavotirda ekanini va AQŞ mablağlari 50 ta klinika oçişga yordam berişini aytdi. Kongoda bir nafar amerikalikda ham virus aniqlangan.
JSST boşçiligidagi ekspertlar guruhi seşanba kuni epidemiyaga qarşi kuraşişda yordam berişi mumkin bölgan vaksina variantlarini muhokama qildi. JSST vakili sözlariga köra, Ervebo vaksinasi nomzodlardan biri hisoblanadi, biroq uning tayyor bölişi uçun ikki oy vaqt kerak böladi.
Smotriçni hibsga olişga order berilişi mumkin
Isroilning öta öng radikal moliya vaziri Betsalel Smotriç seşanba kuni unga nisbatan Xalqaro jinoiy sud prokurori maxfiy hibsga oliş orderini talab qilganini aytdi. Smotriç bunga javoban Falastin muxtoriyatiga qarşi «uruş» oçiş bilan tahdid qildi.
Smotriç unga uşbu order haqida kim xabar berganiga aniqlik kiritmadi, çunki orderlarni talab qiliş jarayoni maxfiy hisoblanadi. Şuningdek, u xalqaro sudning bunday qarorga keliş sabablarini ham oçiqlamadi.
Smotriç bunga javoban bosib olingan Ğarbiy sohildagi falastinliklarning Xon al-Ahmar qişloğini majburiy köçiriş töğrisida buyruq bergan. Falastinning yuqori martabali rasmiysi Vosil Abu Yusuf Reuters’ga bu evakuatsiya qarori «juda xavfli» ekanini va navbatdagi jinoyatlarning oldini oliş uçun qat’iy xalqaro pozitsiya zarurligini ta’kidladi.
XJS prokuraturasi jarayonning maxfiyligini vaj qilib, uşbu holatga izoh berişdan boş tortdi.
Yahudiy turar joylarini kengaytiriş tarafdori va Falastin davlatçiligiga qarşi pozitsiyasini yaşirmaydigan Smotriç «sanksiyalar va hibsga oliş orderlari orqali muvaffaqiyat qozonilmasligi»ni aytgan.
Isroil uşbu sudning a’zosi emas va uning yurisdiksiyasini tan olmaydi, biroq Falastin hududlari 2015 yilda XJSga a’zo davlat sifatida qabul qilingan.
XJS 2024 yil noyabr oyida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va uning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni ham Ğazodagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblab, hibsga olişga order bergandi.
Bundan taşqari, Buyuk Britaniya va yana 4 davlat ötgan yili Smotriç hamda Isroilning yana bir radikal vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Ular Ğarbiy sohilda falastinliklarga qarşi zöravonlikni qayta-qayta qözğatganlikda ayblanmoqda.
AQŞ Yevropadagi harbiylari sonini qisqartirmoqda
Pentagon matbuot kotibi Şon Parnel AQŞ Yevropa qit’asidagi brigada jangovar guruhlari sonini qisqartirayotganini ma’lum qildi. Bitta «brigada jangovar guruhi» — 4 000 dan 4 700 gaça harbiy xizmatçini öz içiga oladi.
Uşbu qisqartiriş qit’ada joylaştirilgan AQŞ askarlari sonini 2021 yilgi darajaga qaytaradi.
Yevropada doimiy joylaşgan AQŞ harbiylari soni 70 ming kişini taşkil qiladi. Ukrainadagi uruş va almaşinib turişlar fonida harbiy soni 80-100 minggaça köpaytirilgan edi.
Şuningdek, Pentagon rasmiysi AQŞ qöşinlarining Polşaga joylaştirilişi keçiktirilganini tasdiqladi. Uşbu «vaqtinça keçikiş» Yevropadagi qisqartiriliş natijasi ekani aytildi.
Bundan taşqari, oy boşida Pentagon Germaniyadan 5 000 nafar askarini olib çiqib ketişini e’lon qilgan edi. Bu qadam Tramp va Fridrix Mers örtasidagi oçiq dahanaki jangdan söng yuz berdi.
Tramp Oq uyga qaytganidan beri Yevropa davlatlari qit’a xavfsizligi uçun javobgarlikni köproq öz zimmalariga olişi kerakligini aytib kelmoqda.
Xitoyda kuçli yomğirlar
Seşanba kuni Xitoyning janubiy va markaziy hududlarida kuçli jala yoğişi oqibatida keng kölamli suv toşqinlari yuz berdi. Rasmiylarga köra, ofatda kamida 21 kişi halok bölgan, şuningdek, maktablar va korxonalar yopilgan, transport hamda elektr ta’minotida uzilişlar yuzaga kelgan.
Xitoy ob-havo agentligi 8 ta provinsiyada yomğir bilan boğliq ofatlar: köçkilar, tösatdan yuz beradigan suv toşqinlari hamda jiddiy suv bosişlari xavfi yuqori ekanini bildirdi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 22 million dollar ajratilgan, hududlarda favqulodda çoralar köriş boşlandi.
Tarmoqlardagi videolarda Xubey provinsiyasining markaziy qismida köplab aholi tizzagaça suv keçib yurgani, ba’zi avtomobillar deyarli butunlay suv ostida qolgani körinadi.
Xitoylik meteorologlarga köra, 1 000 kilometrdan ortiq maydonni qamrab olgan ğayrioddiy darajadagi şiddatli jala yoğişi — Bengal körfazi, Janubiy Xitoy dengizi va Tinç okeanidan kelgan möl-köl namlikning töqnaşuvi natijasidir.
Noqulay ob-havo şaroiti yaqin ikki kun içida asta-sekin şarq va janubga qarab siljişi kutilmoqda.
Körfazdan ijobiy signallar
Çorşanba kuni neft ortilgan Xitoyning ikki tankeri Hörmuz böğozidan çiqib ketdi. Ma’lumotlarga köra, şu oyda Körfazdan çiqqan Iroq neftini taşiydigan Xitoyning ikki kemasi tor böğoz orqali qariyb 4 million barrel xom neft olib ötgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ham seşanba kuni uruş «juda tez» yakunlanişini aytdi, vitse-prezident J.D. Venc esa Tehron bilan olib borilayotgan muzokaralardagi siljişlarni yuqori baholadi. «Biz ança yaxşi vaziyatdamiz», dedi Vens Oq uydagi brifingida.
Oq uy va Körfazdan kelgan ijobiy signallar fonida neft narxi biroz pasaydi.
«AQŞ pozitsiyasi har kuni özgarib borayotgan bir paytda, investorlar Vaşington va Tehron haqiqatda umumiy til topib, tinçlik kelişuviga erişa oladimi-yöqmi, şuni aniqlaşga harakat qilmoqda», deydi tahlilçilar.