Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Isroil flotiliya a’zolarining huquqlarini buzmoqda

Isroil politsiyasi Ğazoga humanitar yordam olib ketayotgan flotiliya bortidagi faollarni tizzalab, qöllarini orqasiga boğlagan holda qator qilib ötirişga majbur qildi.

Seşanba kuni xalqaro suvlarda töxtatilgan flotiliya faollari qölga olingan va keyinçalik Isroil portiga olib kelingandi. Qölga olingan 430 nafar faol 40 dan ortiq davlatning fuqarolari hisoblanadi.

Politsiya ularni hibsga olgaç, Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri, öta öng radikal Itamar Ben-Gvir ijtimoiy tarmoqqa video joylaştirdi. Videoda politsiya xodimlari «Ozod Falastin!» deb hayqirgan ayol faolni yerga yiqitişga majburlayotgani aks etgan.

Videoda, şuningdek, portning oçiq maydonida yuzlab faollar qöllari plastik qisqiçlar bilan boğlangan holda, qator bölib tizzalab ötirgani körinadi. Orqa fonda qurollangan askarlar hududni nazorat qilib yuribdi.

«Bular bu yerga katta qahramon bölib kelgandi. Endi ularga qarang. Ularning hozirgi ahvolini köring — na qahramon va na boşqa narsa», degan Ben-Gvir.

Ben-Gvirning bu pozitsiyasi Isroil koalitsion hukumatida ham kuçli e’tirozga sabab böldi. Taşqi işlar vaziri Gideon Tsaar uşbu video tufayli Ben-Gvirni Isroilga zarar yetkazişda aybladi. Boş vazir Binyamin Netanyahu flotiliyani töxtatiş huquqini himoya qildi, biroq Ben-Gvirning faollarga bölgan munosabati «Isroil qadriyatlari va me’yorlariga töğri kelmasligini» aytdi.

Netanyahu faollarni imkon qadar tezroq mamlakatdan deportatsiya qiliş böyiça körsatma berganini bildirdi.

Italiya boş vaziri Jorjia Meloni flotiliya faollariga nisbatan xatti-harakatni «mutlaqo yöl qöyib bölmaydigan holat» deb atadi. U keskin bayonotida, Italiya Isroildan uzr söraşini kutayotganini bildirdi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Jye Myun Isroilning harakatlarini «barça çegaralardan çiqiş» deb baholadi. «Hibsga olişning huquqiy asosi nima? Bu Isroilning hududiy suvlarimi?» deya savol qöydi Li.

Turkiya ham faollarga nisbatan sodir etilgan şafqatsiz munosabatni qoraladi va fuqarolarini ozod qiliş borasida işlar olib borilayotganini aytdi.