Insonparvarlik yordami Turkmaniston–Eron çegarasidagi “Artik–Lyutfobod” nazorat-ötkaziş punktida Eron tomoniga tantanali ravişda topşirildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda Özbekistonning Turkmanistondagi elçisi Ravşan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elçisi Ali Mujtabo Rözbehoniy, Darğaz şahri hokimi Mujtabo Bazmara va boşqalar iştirok etdi.
Eron tomoni uşbu sinovli damlarda körsatilayotgan amaliy kömak uçun Özbekiston prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur insonparvarlik taşabbusi Özbekiston va Eron örtasidagi an’anaviy döstlik, özaro hurmat, hamjihatlik va qöllab-quvvatlaş ruhining yana bir yorqin ifodasidir.
Eslatib ötamiz, Özbekiston tomoni uruş domiga tuşib qolgan Eron xalqiga insonparvarlik yordamining dastlabki partiyasini şu yil mart oyi örtalarida yöllagan edi.


















