O‘zbekiston | 18:20
2395
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident masalahatchisi Tursunxon Xudoyberganov orden bilan mukofotlandi

75 yoshli senator prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Tursunxon Aydarovich Xudoyberganov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Shu haqdagi prezident farmonida uning davlat organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, Orolbo‘yi mintaqasini har tomonlama rivojlantirish, hudud infratuzilmasini takomillashtirish, ekologik holatini yaxshilash, aholi muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi ishlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi e’tirof etilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish