Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 may kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi samarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar almaşinuvlar faol rivojlanmoqda.

Tovar ayirboşlaş hajmi barqaror ösib bormoqda, yil boşidan buyon 23 foizga oşdi. Sanoat, energetika, transport va boşqa muhim sohalarda, şu jumladan, mintaqalar darajasida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Özbekiston va Rossiya rahbarlari bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini ham körib çiqdi.