«Yadroviy muskullarini» körsatgan Rossiya va Kanada içidagi bölinişlar – kun dayjesti
|20:01 / 22.05.20265 3789 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eron uranni bermoqçi emas
Eron Oliy rahnamosi Mujtaba Xominaiy uran zaxirasini xorijga yubormaslik haqida körsatma berdi. Bu haqda Erondagi ikki yuqori martabali manbaga tayanib Reuters xabar berdi.
«Oliy rahnomaning körsatmasi va hukumat içidagi konsensus şundan iboratki, boyitilgan uran zaxirasi mamlakatni tark etmasligi kerak», dedi ismini oşkor etmaslik şarti bilan gapirgan manba.
Yuqori martabali mulozimlar uşbu materialning xorijga yuborilişi – Eronni AQŞ va Isroilning kelgusi hujumlari oldida yanada himoyasiz qoldiradi deb hisoblamoqda.
Kiçik Xominaiyning uşbu buyruği AQŞ prezidenti Donald Trampni yanada ğazablantirişi va uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni murakkablaştirişi mumkin.
Trampning özi payşanba kuni AQŞ bunga yöl qöymasligini va’da qildi: «Biz uni — boyitilgan uranni qölga kiritamiz. U bizga kerak emas, biz uni xohlamaymiz. Uni qölga kiritganimizdan keyin, ehtimol, yöq qilarmiz, lekin ularda qolişiga yöl qöymaymiz», dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.
Isroil rasmiylariga köra, Tramp Isroilga ham Eronda boyitilgan uran zaxirasi bölmasligi haqida va’da bergan. Boş vazir Binyamin Netanyahu uran Erondan olib çiqib ketilmagunça va uning ballistik raketa salohiyati yöq qilinmagunça uruş tugagan deb hisoblanmasligini aytdi.
Isroil, AQŞ va Ğarb davlatlari azaldan Eronni yadro quroli yaratişga urinişda ayblab keladi. Ular Eronning uranni 60% gaça boyitiş böyiça qadamlarini misol qilib körsatmoqda. Çunki bu fuqarolik ehtiyojlari uçun zarur bölgan darajadan ança yuqori va qurol uçun kerakli 90% lik körsatkiçga yaqin hisoblanadi. Eron esa yadro qurolini yaratişga urinayotganini rad etadi.
Şuningdek, Eron rasmiylari AQŞning sulhga intilişi va kelişuv takliflariga «çuqur şubha» bilan qaramoqda. Uruşdan oldin Eron boyitilgan uran zaxirasining yarmini mamlakatdan olib çiqib ketişga tayyorligini bildirgan edi. Biroq Trampning Eronga zarba beriş haqidagi tahdidlaridan keyin bu pozitsiya özgargan.
Rossiya «yadroviy muskullarini» körsatmoqda
Mavzuga oid
Rossiya va Belarus payşanba kuni özlarining qöşma yadroviy maşğulotlari yakuniy bosqiçini ötkazdi. Prezident Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenko bilan videomuloqot orqali uşbu manyovrlarni muhokama qildi.
«Yadro qurolidan foydalaniş — davlatlarimiz milliy xavfsizligini ta’minlaşning öta favqulodda, mustasno çorasidir», dedi Putin.
Lukaşenko esa maşğulotlar davomida yadroviy zaryad taşişga qodir «Iskander» ballistik raketalarini közdan keçirdi va «men bu maşina haqida ança vaqtdan beri orzu qilardim», dedi.
Belarus yetakçisi uning davlati Ukraina uruşiga tortilişi haqidagi har qanday fikrni rad etdi. Biroq «tajovuz sodir bölgan taqdirda Rossiya va Belarus birgalikda himoyalanişi»ni ma’lum qildi. Lukaşenko, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşişga tayyorligini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, maşqlarga 64 000 nafar harbiy xizmatçi, 200 dan ortiq raketa uçiriş qurilmasi, 140 dan ziyod samolyot, 73 ta harbiy kema va 13 ta suvosti kemasi jalb etilgan.
Rossiya qurolli kuçlari «Yars» va «Sineva» qit’alararo ballistik raketalarini, şuningdek, dengizdan uçiriladigan örta masofali «Tsirkon» va havodan uçiriladigan «Kinjal» raketalarini sinovdan ötkazdi. Belarus qöşinlari esa Rossiya hududida qisqa masofali «Iskander» ballistik raketasini sinovdan ötkazdi.
Seşanba kuni boşlangan uç kunlik maşğulotlar Rossiya uzra Ukraina dron zarbalari keskin köpaygan bir vaqtga töğri kelmoqda. Oldinroq Rossiya Taşqi razvedka xizmati heç qanday dalil keltirmagan holda, Ukraina Boltiqböyi mamlakatlaridan Rossiyaga dronlar hujumi tayyorlayotganini da’vo qilgan va javob çoralari körilişi haqida ogohlantirgandi.
Yadroviy maşğulotlar qanday xabar yöllaşni közda tutgani haqidagi savolga Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov: «Har qanday maşğulotlar signal berişni közda tutadi», deb javob berdi.
BMTda iqlim özgarişiga doir rezolyutsiya
BMT Boş assambleyasi «Mamlakatlarning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş hamda qazib olinadigan yoqilği iste’molini kamaytiriş böyiça huquqiy majburiyatini tasdiqlovçi» rezolyutsiyaga ovoz berdi. Uni 141 davlat yoqladi, 8 ta qarşi ovoz böldi va hujjat qabul qilindi.
Rezolyutsiyaga AQŞ, Rossiya, Belarus, Isroil, Yaman, Eron, Liberiya va Saudiya Arabistoni qarşi ovoz berdi. Yana 28 a’zo davlat ovoz berişdan tiyildi.
Rezolyutsiyani muhokamaga iqlim özgarişi oqibatlari oldida eng zaif hisoblangan orol-davlat — Vanuatu taqdim etdi. 2022 yilda Vanuatu rasmiylari dengiz sathining kötarilişi va tez-tez takrorlanayotgan ekstremal ob-havo hodisalari sababli iqlimiy favqulodda holat e’lon qilgandi.
AP naşriga köra, AQŞ uşbu hujjatni muhokamadan qaytarib olişga çaqirgan. Çunki Oq uy uşbu rezolyutsiya Amerika sanoatiga salbiy ta’sir körsatişidan xavotirda.
Boş assambleyaning uşbu rezolyutsiyasi BMT Xalqaro sudining 2025 yil yozida çiqargan maslahat xulosasini mustahkamlaydi. Undan kelib çiqib, davlatlar global isişga qarşi kuraşişi va qazib olinadigan yoqilği iste’molini kamaytirişi şart.
Şu bilan birga bunday xulosa töğridan töğri yuridik kuçga ega emas, biroq endilikda iqlim özgarişi bilan boğliq sud işlarida unga tayaniladi.
Albertada referendum
Kanadaning neftga boy bölgan Alberta provinsiyasi oktyabr oyida aholining Kanada tarkibida qoliş-qolmasligi böyiça majburiy bölmagan referendum ötkazadi. Referendum asosan ramziy ma’noga ega bölsa-da, uşbu qadam boş vazir Mark Karni uçun jiddiy sinov bölişi mumkin.
Ştat rasmiylariga köra, ovoz beriş byulletenidagi savol mustaqil bölib ajralib çiqişni töğridan töğri boşlab bermaydi. Buning örniga aholidan «Alberta hukumati kelajakda mustaqillik böyiça majburiy referendum ötkaziş uçun huquqiy jarayonlarni boşlaş kerakmi yoki yöqmi?» degan savol söraladi.
«Ovoz beriş — albertaliklarning uşbu mavzu böyiça xohiş-irodasini tuşuniş va oldinga qarab qadam taşlaş vaqti keldi», dedi provinsiya boş vaziri Daniel Smit.
Uşbu e’lon referendum ötkazişni xohlayotgan bir guruh faol ayirmaçilarning bir neça oylik kampaniyasidan söng yangradi. Vaholanki, ijtimoiy sörovnomalar — ajralib çiqişni provinsiya saylovçilarining atigi uçdan bir qismi qöllab-quvvatlaşini körsatib kelmoqda.
Bu nafaqat Alberta içida, balki butun Kanada miqyosida ixtiloflarga sabab bölişi kutilmoqda. Çunki Karni kelgusi oylarda AQŞ tariflariga qarşi turişda yagona Kanada frontiga rahbarlik qilişga urinmoqda.
AQŞ Polşaga yana 5000 askar joylaştiradi
AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni Qöşma Ştatlar Polşaga yana 5000 nafar harbiy xizmatçi yuborişga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, bu qaror Polşa prezidenti Karol Navrotskiy bilan yaqin munosabatlariga asoslangan.
Trampning uşbu kutilmagan bayonoti – Pentagon Yevropadagi AQŞ armiyasining brigada jangovar guruhlarini qisqartirayotganini e’lon qilganidan atigi ikki kun ötib yangradi.
Vitse-prezident J.D. Vens ham şu hafta boşida AQŞ qöşinlarining Polşaga joylaştirilişi keçiktirilganini aytgandi.
Polşa mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak esa bundan oldin Yevropadagi AQŞ qöşinlarining qisqartirilişi Polşaga ta’sir qilişini rad etgan.
Tramp ötgan yil may oyida prezident Navrotskiyni Oq uyda qabul qilgan va Polşadagi saylovlar oldidan eng muhim pallada uni qöllab-quvvatlagandi. Yakunda uşbu millatçi siyosatçi — yevropaparast partiya nomzodini mağlub etib, ğalaba qozondi.
Polşa NATOning eng muhim a’zolaridan biri bölib, Yevropadagi eng yirik armiyalardan biriga ega. Polşa öz yalpi içki mahsulotining qariyb 4,5 foizini mudofaa sohasiga sarflaydi — bu alyans miqyosidagi eng yuqori körsatkiçdir.