Xitoy Özbekistondan 10 turdagi sabzavotlarni quritilgan holda olib kirişga ruxsat berdi, deya xabar berdi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi.
Qayd etilişiça, agentlik vakillari may oyi boşida hukumat delegatsiyasi tarkibida Xitoyga taşrif buyurgan. Taşrif davomida Xitoy Boş bojxona boşqarmasi bilan muzokaralar ötkazilgan, natijada bir qator turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatnomalar rasmiylaştirilgan. Röyxatdan quritilgan sabzi, lavlagi, pomidor, rediska, baqlajon, qovoqça, qovoq, piyoz, sarimsoq piyoz va kökatlar örin olgan.
«Yuqorida körsatilgan mahsulotlarni eksport qiliş uçun korxonalar Xitoy reyestriga kiritilgan bölişi, mahsulotlar karantin ahamiyatiga ega zararli organizmlardan xoli bölişi, fitosanitariya sertifikatiga ega bölişi hamda Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga muvofiq bölişi kerak», deyiladi agentlik xabarida.
Xitoy Özbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirişga ruxsat berdi
15:31 / 22.05.202699 5981 min
Röyxatdan quritilgan sabzi, lavlagi, pomidor, rediska, baqlajon, qovoqça, qovoq, piyoz, sarimsoq piyoz va kökatlar örin olgan.

















