Ekologiya qömitasi ecofaolfuqaro.uz platformasi işlamayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, ayni damda platforma faoliyatini takomillaştiriş, nosozliklarni bartaraf etiş maqsadida texnik işlar amalga oşirilmoqda.

“Texnik işlar tugagaç, qöşimça ma’lumot beriladi”, deyiladi qömita izohida.

Ma’lumot uçun, «Eko-madaniyat» umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va tarğibotni jadallaştirişga oid kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida 2026 yil davomida 10 000 qadam piyoda yuriş tajribasini qayta tiklaş hamda soğlom turmuş tarziga qaratilgan platforma faoliyatini yölga qöyiş belgilangan.