Hafta davomida Rossiya prezidenti Putin Xitoyga bordi. Taşrif Rossiya poytaxtiga Ikkinçi jahon uruşi davridan buyon amalga oşirilgan eng yirik hujumdan keyin amalga oşirildi. Isroillik radikal vazir Ğazo blokadasini yorib ötişga uringan kema faollarini tahqirladi. Eron AQŞning boyitilgan uranni topşiriş talabiga «yöq» demoqda. Quyida haftaning ba’zi muhim voqealarini eslaymiz.

Yadroviy maşğulot

Hafta davomida Rossiya va Belarus yadro qurolini qöllaş böyiça harbiy maşğulot ötkazdi. Ötgan yili Rossiya Belarus hududida yadroviy kallaklarni joylaştirgandi. Maşğulotda asosan belaruslik harbiylarning yadro qurolini işlatişda tayyorgarligi sinovdan ötkazilgan. Bu maşğulotlar NATO çegarasidagi davlatda ötgani e’tiborga molik.

Yadroviy tayyorgarlik fonida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko «mamlakat Ukrainadagi uruşga qöşilişga tayyorligini» aytdi: «agar bizga qarşi hujum bölsa, biz ham uruşga qöşilamiz».

Rossiya uruş boşlanganidan buyon köp marta özining yadroviy kuçini köz-köz qildi. Ayniqsa, frontda işlar yurişmasa, bu iş odatga aylandi. Hozir ham yadroviy qurol Ukraina Rossiya şaharlariga, hatto Moskvaga yoppa hujumlar uyuştirayotgan bir vaqtda sinovdan ötkazildi. Kiyev Belarusdagi maşğulotlardan keyin yana bu davlat hududidan hujum bölişidan hayiqib qoldi. Yadroviy maşğulotlar fonida Zelenskiy mamlakatning Belarus bilan çegarasiga borib, Lukaşenko va davlatini Ukrainaga hujum oqibatidan ogohlantirdi.

Putin Xitoyga bordi

Amerika prezidenti Donald Trampdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Xitoyga bordi. Tramp va Si Jinping dunyo miqyosidagi qaraşlarni muhokama qilib, heç qanday şartnoma imzolamagandi. Lekin Putin va Si qirqta hujjat imzoladi. Imzolangan hujjatlar şunçalik köpki, ular orasida «Amur yölbarslarini himoya qiliş böyiça» kelişuv ham bor.

Biroq Putin va Si eng asosiy masala – «Sila Sibiri-2» gaz quvuri qurilişi böyiça kelişa olmadi. Pekinga taşrif buyurgan Amerika prezidenti Tramp «Tayvan uçun Xitoy bilan uruşmaymiz, ularning mustaqil bölişi bilan işim yöq», degandi. Putin «Rossiya Tayvan mustaqil bölişiga qarşi ekanini» aytib Sini xursand qildi. Şu tariqa Çin raisi bir hafta içida ham Rossiya, ham Amerika prezidentiga «Tayvan mustaqil bölişiga qarşi ekanini» ayttirib oldi.