Turizm | 19:02
3095
1 daqiqa o‘qiladi

Taylandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi

Endilikda aksariyat mamlakatlar uchun 30 kunlik, ayrim mamlakatlar uchun esa 15 kunlik vizasiz tartib joriy etiladi.

Foto: AP

Tayland hukumati mamlakatga vizasiz kirish hamda chegarada viza berish (Visa on Arrival) tizimiga o‘zgartirish kiritish taklifini ma’qulladi.

«Vazirlar mahkamasi 90dan ortiq mamlakat uchun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilish va avvalgi tartibga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi», dedi mamlakat turizm va sport vaziri Surasak Pxancharenvorakul.

Hujjatga muvofiq, 93 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga kirish uchun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi.

Mazkur tartib 2024 yil 15 iyulda pandemiyadan so‘ng turizmni tiklash maqsadida kiritilgandi.

Uning o‘rniga aksariyat mamlakatlar uchun 30 kunlik, ayrim mamlakatlar uchun esa 15 kunlik vizasiz tartib joriy etiladi.

Ushbu qaror mahalliy “Royal Gazette”da e’lon qilingach, oradan 15 kun o‘tib amal qila boshlaydi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid