Haftaning seşanba-çorşanba kunlari yurtimizga navbatdagi nam havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda. Jala yoğişi oqibatida sel kelişi va suv bosişi xavfi yuzaga keladi. 28-30 may kunlari asosan quruq ob-havo hukm suradi, Qizilqum çöllarida harorat maksimumlari hatto +42 darajagaça kötarilişi mumkin.
Biroq uşbu jazirama atigi bir kun bölib, yakşanba kuni mintaqaga navbatdagi namlik kirib keladi va hududlarda harorat pasayib ketadi. Yoğinlar uşbu haftada köplab viloyatlarga öz quvvatini ulaşadi. Ayniqsa Toşkent viloyatida köp miqdorda yoğin tuşişi kutilmoqda, sel-suv bosiş xavfi viloyatda oşişi mumkin.











