Samarqandda fuqarolarni xorijga işga yuborişni va’da qilib, ulardan yirik miqdorda pullarni yiğib olgan, ammo viza va iş masalalarini hal qilib bermasdan, pullarini ham qaytarmay yurgan firmalar rahbarlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz’ga Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov ma’lum qildi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat işi oçilgan.
Tergov doirasida «HUMO VIZA» MÇJ hamda «HUMO GROUP NVV» MÇJ direktori va iş boşqaruvçisiga (ularning nomida uşbu faoliyat turi bilan şuğullanadigan bir neça firmalar bölgan – tahr.) nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kun.uz Samarqandda xorijga işga jönatişni va’da qilgan «HUMO GROUP CORPARATION» va «HUMO GROUP CENTRAL» ofislari oldida yuzlab fuqarolar töplangani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Murojaatçilar şartnomada körsatilgan muddatlar ötib ketgan bölsa-da, na işga jönatilgani va na tölagan mablağlari qaytarib berilgani ma’lum bölgandi.
Jabrlanuvçilar orasida Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo va boşqa hududlardan kelgan fuqarolar ham bölib, ayrimlar xorijga ketiş umidida qarz olib tölov qilganini aytişgan.
















