Ukraina OAV ma’lumotiga köra, 24 mayga ötar keçasi sodir bölgan raketa va dron hujumi çoğida muzey binosiga zarar yetgan. Hodisadan söng muzey vaqtinça faoliyatini töxtatgan.
Ukraina Içki işlar vazirligi bildirişiça, zarba oqibatida muzey içida yonğin çiqqan va osma şiftning bir qismi qulab tuşgan. Şu bilan birga, qutqaruvçilar va muzey xodimlari bir qator qimmatli eksponatlarni saqlab qolişga muvaffaq bölgan.
Jumladan, ukrain rassomi Mariya Primaçenkoning kartinasi hamda 2022 yilda Çernobil AES deokkupatsiya qilingaç örnatilgan Ukraina bayroği evakuatsiya qilingan.
Ma’lum qilinişiça, milliy Çernobil muzeyi faqat aprel oyi oxirida keng kölamli restavratsiyadan keyin qayta oçilgan edi.
Ukraina madaniyat vaziri Tatyana Berejnayaning aytişiça, mazkur hujum uruş boşlanganidan beri Kiyevda madaniy muassasalarga yetkazilgan eng yirik zararlardan biri bölgan.
Hujum natijasida Ukraina Milliy badiiy muzeyi, Milliy filarmoniya, Milliy musiqa akademiyasi, Yaroslav Mudriy nomidagi kutubxona va Kiyev operasi ham zarar körgan.
Ukraina Qurolli kuçlari ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasi Ukraina böylab 90 ta raketa va 600 ta dron uçirgan. Asosiy nişonlar Kiyev va Kiyev viloyatidagi Bela Tserkov şahri bölgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujumdan keyin Rossiya rahbariyatini qattiq tanqid qilib, “oddiy uylar va fuqarolik obektlariga zarba berişda davom etayotganini” aytdi.













