25 may kuni «Sönggi qönğiroq» tadbirlari ötkazildi, Şavkat Mirziyoyev bitiruvçi yoşlarga tabrik yölladi. Namangandagi gullar festivali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Kripto-mayning faoliyatini tartibga soliş va nazorat qilişni kuçaytirişga qaratilgan nizom loyihasi işlab çiqildi. Buxoro viloyatidagi tumanlardan birida soğliqni saqlaş bölimi rahbari tezkor tadbirda uşlandi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Maktablarda sönggi qönğiroq yangradi, prezident bitiruvçilarni tabrikladi
25 may kuni maktablarda an’anaviy tarzda «Sönggi qönğiroq» tadbirlari bölib ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev bitiruvçi yoşlarga tabrik yölladi.
Davlat rahbari murojaatida qayd etilişiça, bu yil mamlakat böylab 472 ming nafar öğil-qiz maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qöymoqda. Şu munosabat bilan barça bitiruvçilar, ustozlar va ota-onalar samimiy qutlandi.
Prezidentning ta’kidlaşiça, bu yil birinçi marta 11 ming nafardan ziyod öquvçi maktabni oltin va kumuş medallar bilan tamomlamoqda. Bu esa mamlakatda ta’lim sifati va yoşlarning ilmga intilişi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Murojaatda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mamlakatdagi 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum yoşlarga zamonaviy bilim va kasb berişga tayyor ekani ta’kidlandi. Şuningdek, 171 nafar yoş dunyoning yetakçi universitetlariga qabul qilingani aytildi.
Namangandagi gullar festivali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Namangandagi gullar festivali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Ötgan yili festivalga tayyorgarlik jarayonida viloyat böyiça jami 100 million tup gul köçati ekilgan edi. 2026 yilda esa uşbu miqdor 150 million tupga yetkazildi. Natijada Namangan «Jamoa bölib bir oy davomida eng köp ekilgan gullar» yönalişida Ginness rekordini örnatdi.
Festivalning tantanali oçiliş marosimida bu haqdagi maxsus sertifikatni Ginness rekordlar kitobi vakili Şeyda Subasi Namangan viloyati hokimiga tantanali ravişda topşirdi.
















