Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Rossiya yana «Oreşnik» otdi

Rossiya yakşanba kuni Kiyev va uning atrofidagi hududlarga yuzlab dron va raketalar bilan zarba berdi. Bu tört yillikda şaharga qilingan eng kuçli bombardimonlardan böldi.

Ukraina rasmiylariga köra, Rossiyaning bir neça soatlik şiddatli hujumi oqibatida Kiyevda ikki kişi va uning atrofidagi hududlarda yana ikki kişi halok bölgan, 100 ga yaqin kişi jarohatlangan. Boşqa hududlarga ham zarba berilgan, janubiy Xersonda ikki kişi halok böldi.

Ukraina harbiy-havo kuçlarining ma’lum qilişiça, Rossiya jami 90 ta raketa va 600 ta dron uçirgan. Kiyev yaqiniga «Oreşnik» gipertovuşli raketasi otildi.

Bu uruş boşlanganidan beri Rossiya Ukrainaga qarşi uçinçi marta «Oreşnik» raketasini qöllaşi hisoblanadi.

Tahlilçilar Oreşnik zarbasi tasvirlangan kadrlarini tahlil qilib, raketaning jangovar kallagi 36 ta kiçik öq-doriga — kassetali qismlarga bölinganini ma’lum qildi.

Rossiya hujumlari Kiyev şahar markazidagi köplab tarixiy binolarga zarar yetkazgan. Ukraina Vazirlar Mahkamasi va taşqi işlar vazirligi binolari ham yengil şikastlangan. Zarbalardan biri Çernobil yadroviy halokatiga bağişlangan yangi oçilgan muzeyni vayron qildi.

«Bu Rossiya uçun oqibatsiz qolmasligi juda muhim», dedi prezident Volodimir Zelenskiy Ukrainaning ittifoqçilarini harakat qilişga çaqirib.

Yevropa yetakçilari Kiyevga qilingan hujumni qoraladi. Buyuk Britaniya va Germaniya yadroviy kallaklarni taşişga qodir bölgan «Oreşnik» raketasining qöllanişini «eskalatsiya» deb baholadi.

Rasmiy Moskva uşbu zarbalar – Kiyevning Rossiya fuqarolik obektlariga bergan zarbalariga javob ekanini aytdi va hujumda «Oreşnik», «Iskander», «Kinjal» va «Tsirkon» raketalaridan foydalanilganini bildirdi.

Rossiya mudofaa vazirligi zarbalar Ukraina qömondonlik obektlari va harbiy razvedka foydalanadigan hududlarni nişonga olganini bildirdi.