25 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmoğidagi uzun postida Eron bilan muzokaralar «yaxşi» ketayotganini aytdi, biroq ular muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, yangi hujumlar bölişidan ogohlantirdi. «Bu yo hamma uçun Buyuk Kelişuv böladi, yoki umuman Kelişuv bölmaydi», deb yozdi u.
Bir neça soat ötgaç, AQŞ Markaziy qömondonligi bayonot berib, «qöşinlarimizni Eron kuçlari tomonidan yuzaga kelayotgan tahdidlardan himoya qiliş» maqsadida yangi zarbalar berilganini ma’lum qildi.
«AQŞ Markaziy qömondonligi davom etayotgan öt oçişni töxtatiş rejimida vazminlik namoyiş etgan holda, öz kuçlarimizni himoya qilişda davom etmoqda», deya Markaziy qömondonlik matbuot kotibi kapitan Tim Xokinsning sözlarini keltirmoqda Reuters.
25 may kuni, şuningdek Eron yangi havo mudofaasi tizimi yordamida «duşmanona» körinmas dronni (stels-dron) urib tuşirganini ma’lum qildi. Biroq dronning qayerdan uçib kelgani oçiqlanmagan.
«Bu heç qanday körinmas dron endi Fors körfazi osmoniga kira olmasligining belgisidir», deya Fars agentligi ismini oşkor qilmagan rasmiylardan iqtibos keltirdi.
Mintaqadagi keskinlikning yana bir dalili sifatida, boş vaziri Binyamin Netanyahu duşanba kuni Isroil «Hizbulloh»ga qarşi zarbalarni kuçaytirişini aytdi. Köp ötmay Isroil harbiylari Livanning şarqiy Beka vodiysi va boşqa hududlaridagi «Hizbulloh» infratuzilmasiga hujum qilayotganini ma’lum qildi.
Isroil va Livan aprel oyi örtalarida öt oçişni töxtatişga kelişib olgan edi, biroq Isroil sulh kelişuviga kirmagan «Hizbulloh»ga qarşi özini mudofaa qiliş harakatlari deb atayotgan havo zarbalarini davom ettirmoqda.
Muzokaralar davom etayotgan vaqtda zarba berildi
AQŞning mazkur zarbalar Eronning boş muzokaraçisi va taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Doha şahrida Qatar boş vaziri bilan ehtimoliy kelişuvni muhokama qilayotgan bir vaqtda sodir böldi. Bungaça Vaşington va Tehron yaqin orada keskin buriliş bölişi borasidagi umidlarni kamaytirib körsatgan edi.
Dohaga taşrif haqida ma’lumot bergan rasmiyning Reutersʼga aytişiça, muzokaralar asosan Hörmuz böğozi va Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralariga qaratilgan. Şu bilan birga, yakuniy kelişuv doirasida Eronning muzlatilgan mablağlarini ozod qiliş masalasini muhokama qiliş uçun muzokaralarda Eron Markaziy banki raisi ham iştirok etgan.













