Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ Eronga zarbalar berdi

AQŞ kuçlari Eron janubida minalar örnatişga urinayotgan qayiqlar va raketa uçiriş maydonlariga zarbalar berganini ma’lum qildi. AQŞ Markaziy qömondonligi buni «mudofaa harakatlari» deb baholamoqda.

Markaziy qömondonlik bayonotida «qöşinlarni Eron kuçlari tomonidan yuzaga kelayotgan tahdidlardan himoya qiliş» maqsadida yangi zarbalar berilgani aytilgan.

Şuningdek, 25 may kuni Eron yangi havo mudofaasi tizimi yordamida «duşmanona» körinmas dronni urib tuşirganini ma’lum qildi. Biroq dronning qayerdan uçib kelgani oçiqlanmagan.

«Bu heç qanday körinmas dron – endi Fors körfazi osmoniga kira olmasligining belgisidir», deya Fars agentligi ismini oşkor qilmagan rasmiydan iqtibos keltirdi.

Mintaqadagi keskinlikning yana bir dalili sifatida boş vazir Binyamin Netanyahu Isroil «Hizbulloh»ga qarşi zarbalarni kuçaytirişini aytdi. Köp ötmay Isroil harbiylari Livanning şarqiy Beka vodiysi va boşqa hududlarga hujum qilayotganini ma’lum qildi.

AQŞning mazkur zarbalari – Eron boş muzokaraçisi va taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Dohada Qatar boş vaziri bilan ehtimoliy kelişuvni muhokama qilayotgan vaqtda sodir böldi.

Dohadagi muzokaralar asosan Hörmuz böğozi va Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralariga qaratilgan. Şu bilan birga, yakuniy kelişuv doirasida muzlatilgan mablağlarni muhokama qiliş uçun muzokaralarda Eron Markaziy banki raisi ham iştirok etgan.

Şu kunlarda AQŞ prezidenti Donald Tramp köproq arab va musulmon davlatlarini Isroil bilan aloqalarni normallaştirişga qaratilgan «Ibrohim kelişuvlari»ni imzolaşga çaqirmoqda. U Saudiya Arabistoni va Qatar buni zudlik bilan imzolaşi kerakligini, Pokiston, Misr, Iordaniya va Turkiya ham ulardan örnak olişi lozimligini aytib, özining bu talabini majburiy deb atadi.

Netanyahu idorasi va arab yetakçilari Trampning bu talablari böyiça hozirça izoh bermadi.

Rossiya Kiyevga yangi zarbalar bermoqçi