Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari birinchi elektromobilini taqdim etdi
Ferrari Luce modeli sport avtomobili sifatida e’lon qilingan bo‘lib, 310 km/soatgacha tezlikka erisha oladi va to‘liq quvvatlanganda 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Foto: Ferrari
Ferrari 25 may kuni o‘zining birinchi to‘liq elektr avtomobili Luce modelini taqdim etdi. U Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri ishtirokida ishlab chiqilgan.

Reuters agentligining ta’kidlashicha, Ferrari asosiy raqobatchilari - Porsche va Lamborghini, aksincha, elektromobil ishlab chiqarish sohasidagi ambitsiyalarini pasaytirgan bir paytda yangi elektromobilni taqdim etmoqda. Bu tendensiya talabning pastligi bilan bog‘liq. Ferrari yangi model boshqa bozorlarda, masalan, elektromobillar keng tarqalgan Xitoyda o‘z ishtirokini kengaytirishga imkon berishiga umid qilmoqda.
Ferrari Luce modeli sport avtomobili sifatida e’lon qilingan bo‘lib, 310 km/soatgacha tezlikka erisha oladi va to‘liq quvvatlanganda 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi. Luce (italyancha «yorug‘lik») brendning birinchi besh o‘rinli avtomobili bo‘ldi, deb yozdi Reuters.


Taqdimotda tomoshabinlarga qizil Ferrari rangidan oq va och havoranggacha bo‘lgan ranglarda bo‘yalgan beshta avtomobil namoyish etildi. Uning dizaynini ishlab chiqishda Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri, o‘z agentligiga asos solgan Joni Ayv ishtirok etdi.
Avtomobilning narxi 550 ming yevroni tashkil etadi. Birinchi modellarni yetkazib berish 2026 yil oxirida boshlanishi kutilmoqda. Kompaniya bosh direktori Benedetto Vinya avtomobilni besh yillik ish mahsuli deb atadi.
Investorlar Ferrari yangiligini sovuqqon va ehtiyotkor tarzda qabul qilishdi: seshanba kuni ertalab kompaniya aksiyalari 6 foizga tushib ketdi.










Mavzuga oid
22:44 / 26.05.2026
Surxondaryodagi quvvatlash stansiyasida elektromobil yonib ketdi
17:54 / 18.05.2026
Cobalt sotuvi 30 foizga pasaydi, elektromobillarga talab oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
20:08 / 05.05.2026