Prezident qarorida 10 ming boladan taşqari, onkogematologik taşxis qöyilgan qariyb 2300 kişida ham jarrohlik amaliyotlari ötkaziş, yana 350 kişida buyrak va jigar transplantatsiyasini amalga oşiriş közda tutilgan.
Tibbiy tekşiruv va davolaş xarajatlari davlat maqsadli jamğarmalari va boşqa manbalardan ajratilgan mablağlar hisobidan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali moliyalaştirilmoqda.
“Birgina şu hujjat asosida bajariladigan ezgu işlar 10 mingta bolani soğlom hayotga qaytarişi — juda katta natija. E’tiborlisi, bu imkoniyatdan foydalanuvçi bemor bolalar kambağal yoki ehtiyojmand oila farzandlari bölişi şart emas. Ya’ni ular ijtimoiy holatidan qat’i nazar davolanadigan böldi”, – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, joylarda oğir xastalik bilan kuraşayotgan bemorlarga bepul operatsiya vauçerlari topşirilib, ular bosqiçma-bosqiç tibbiyot muassasalariga joylaştirilmoqda.
Uşbu xayrli taşabbus 20 yildan buyon buyrak yetişmovçiligidan aziyat çekayotgan Temur Hakimov xonadoniga ham quvonç olib kirdi.
Yelena Hakimova, bemorning onasi:

— Hozir juda qattiq hayajondaman. Çunki yetti yildan beri tinç uxlaganimiz yöq, juda katta qiyinçiliklarni boşdan keçirdik. Şuning uçun bu operatsiya imkoniyati bizga katta umid va quvonç berdi. Prezidentimizga oilamiz nomidan katta rahmat aytamiz.
Oğir xastalik nafaqat inson tanasi va ruhiyati, balki uning yaqinlarini ham sinovdan ötkazadi. Buyrak yetişmovçiligi sabab 7 yildan buyon gemodializ muolajasini olib kelayotgan Temur Hakimov uçun transplantatsiya amaliyoti – hayotni qaytadan boşlaş imkoniyatidir. U tez yordam maşinasida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga joylaştirildi. Endilikda unga buyrak köçirib ötkaziladi.
Poytaxtlik Nigora Ibragimova ham bir neça yildan buyon surunkali buyrak yetişmovçiligi bilan oğriyotgan murğak farzandining oğir dardi bilan kuraşib kelmoqda. Uning öğli Mustafo buyrak transplantatsiyasi uçun Bolalar milliy tibbiyot markaziga joylaştirilib, zarur muolajalar boşlab yuborildi.



















