Uning aytişiça, Ostona Rossiya nefti va gazini Özbekistonga tranzit qilişdan taşqari, qöşni mamlakatga özining xom nefti hamda neft mahsulotlarini yetkazib berişga ham tayyor.
Masala Ostona şahrida bölib ötayotgan RES 2026 mintaqaviy ekologik sammiti doirasida muhokama qilingan. Şuningdek, tomonlar neft-kimyo sanoati va neftni qayta işlaş quvvatlarini modernizatsiya qiliş böyiça qöşma loyihalarni ham körib çiqmoqda.
Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda energiya resurslariga bölgan talab oşib bormoqda. Davlat bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning birinçi çoragida neft va neft mahsulotlari importi 42,2 foizga ösib, 449,1 million dollarga yetgan.
Şu davrda benzin importi ikki barobardan köproq oşib, 428,2 million litrni taşkil etgan. Dizel yoqilğisi importi esa 38 foizga ösib, 125,5 ming tonnaga yetgan.
Avvalroq Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Moskva va Toşkent neft hamda gaz yetkazib beriş hajmini yanada oşiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qilgan edi.












