Şuningdek, muhim minerallar va noyob yer metallari sohasida hamkorlik hamda “Tramp yöli” (TRIPP) deb nomlangan xalqaro tranzit loyihasini amalga oşiriş böyiça hadli kelişuvlar imzolandi.
TRIPP loyihasi Ozarbayjonning Naxiçevon avtonom respublikasini Armanistonning Syunik viloyati orqali mamlakatning asosiy qismi bilan boğlovçi transport koridorini nazarda tutadi. Loyiha doirasida avtomobil va temiryöl infratuzilmasi, şuningdek neft-gaz tarmoqlarini quriş rejalaştirilgan.
Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan uşbu kelişuvlar mamlakat uçun “misli körilmagan imkoniyatlar” oçişini ta’kidladi. Marko Rubio esa TRIPP loyihasini “tarixiy taşabbus” deb atab, u mintaqada tinçlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilişini bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, AQŞ kompaniyalari allaqaçon Armaniston hududida TRIPP infratuzilmasi uçun yer örganiş işlarini boşlagan.
Şu bilan birga, Armanistonda mazkur taşabbusga nisbatan turli munosabatlar bildirilmoqda. Boş vazir Nikol Paşinyan loyihani iqtisodiy rivojlaniş imkoniyati sifatida baholayotgan bölsa, muxolifat va ayrim jamoatçilik vakillari mamlakat hududining bir qismi xorijiy boşqaruvga ötişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Armanistonda 7 iyun kuni parlament saylovlari ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, saylov oldidan siyosiy raqobat va Rossiya bilan munosabatlar mavzusi asosiy masalalardan biriga aylangan.












