Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh marhum ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida Shuhrat Abbosov, G‘ani A’zamov, Zaynab Sadriyeva, O‘tkir Hoshimov, O‘lmas Alixo‘jayev va boshqalar bor.
Farmonga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarining quyidagi vakillari mukofotlandi.
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
-
Abbosov Shuhrat Solixovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, kinorejissyor
-
A’zamov G‘ani - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
-
Yoqubov Odil - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
-
Sadriyeva Zaynab - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
-
Umarov Hamza - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
-
Yunusov Obidjon - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
-
Hoshimov O‘tkir - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
-
Zunnunova Saida - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
-
Hamidova Manzura - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
-
Hotamov Orifxon - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
-
Alixo‘jayev O‘lmas - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
-
Boltayeva Ikroma - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
-
Yoqubova Maryam - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
-
Zokirov Jamshid Karimovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
-
Nurmatov Hojiakbar - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
-
Otaxonov Ochilxon - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
-
Rahmatov Dias Nig‘matovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
-
Rizayeva Yulduz - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
-
Saidjonov O‘lmas - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
-
Tojiyev To‘lqin Jo‘rayevich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«Do‘stlik» ordeni bilan
-
G‘oipov Davron - estrada xonandasi
-
Mamadaliyev Rasulqori - xonanda va sozanda
-
Rtveladze Eduard Vasilevich - akademik, arxeolog va san’atshunos olim
-
Sadullayev Sanjar Lutfullayevich - dublyaj aktyori
Mavzuga oid
20:14
Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlari unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi
09:07 / 15.04.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi xodimlarini bayram bilan tabrikladi
17:55 / 09.12.2025
Prezident Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi
11:56 / 09.10.2025