Hukumat qarori loyihasiga köra, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasiga axborot-kutubxona sohasida qator qöşimça vazifalar yuklanadi.
Jumladan, sun’iy intellekt yordamida kitobxonlar ehtiyojlarini tahlil qiliş, tavsiyalar beriş hamda axborot izlaş jarayonlarini optimallaştiruvçi dasturlar işlab çiqiş közda tutilgan.
Şuningdek, 2027 yil 1 avgustga qadar axborot resurslarini raqamlaştiriş, avtomatik tanib oliş tizimlarini joriy etiş, naşrlarni kataloglaştiriş va tasniflaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Loyihada foydalanuvçilar uçun interaktiv xizmatlar sonini oşiriş, xalqaro axborot resurslaridan kengroq foydalaniş imkoniyatlarini yaratiş ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, “Ma’rifat markazi” binosining bir qismi kitobxonlarga xizmat körsatiş uçun Milliy kutubxonaga ajratilişi, şuningdek “Oçiq osmon ostidagi kutubxona” şaklida “Kitobxonlar xiyoboni” taşkil etilişi mumkin.












