TASS xabariga köra, hujjat loyihaning asosiy parametrlarini mustahkamlaydi va qurilişni Rossiya davlat eksport krediti hisobidan moliyalaştirişni nazarda tutadi. Stansiyani işga tuşiriş 2035 yilga möljallangan, şu bilan birga Qozoğiston 2,4 gigavatt quvvatga erişişni kutmoqda.
2024 yil oktabr oyida Qozoğiston AES qurilişi böyiça referendum ötkazdi va 2025 yil iyun oyida «Rosatom» korporatsiyasini xalqaro quruvçilar konsorsiumining yetakçisi sifatida tanladi. Şundan söng avgust oyida ikki davlat mutaxassislari bölajak stansiyaning Ulken qişloğidagi maydonida muhandislik tadqiqotini boşladi.
Qozoğiston quriliş joyi sifatida Almati viloyatidagi Balxaş köli yaqinidagi hududni belgiladi.
Qozoğiston 1999 yilda Kaspiy dengizi qirğoğida BN-350 reaktori töxtatilganidan beri yadroviy energiya işlab çiqariş quvvatiga ega emas edi. Loyiha tanqidçilari Rossiya texnologiyalari va mutaxassislari iştirokida quriliş respublikaning Rossiyaga energiya qaramligini kuçaytirişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ekologlar, öz navbatida, stansiyaning Balxaş ekotizimiga ehtimoliy ta’siridan xavotirda.
Bu Putinning Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan muzokaralarini öz içiga olgan joriy taşrif davomida imzolangan 16 hujjatdan biridir. Ikki tomonlama hamkorlikdan taşqari, tomonlar ertaga Ostonada ötkazilişi rejalaştirilgan Yevroosiyo iqtisodiy forumining kun tartibini muhokama qildi.

















