Bojxona xodimi bo‘lish uchun qaysi o‘quv yurtini tugatish kerak?

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
SAVOL: O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari xizmatiga ishga qabul qilinish uchun qaysi mutaxassislik bo‘yicha oliy bilim yurtini tugatgan bo‘lishi kerak va qanday hujjatlar talab qilinadi?
Zarina Istamova.
JAVOB: Amaldagi tartibga ko‘ra, bojxona organlari xizmatiga asosan oliy yuridik yoki iqtisodiy ma'lumotiga ega, Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan yoki safarbarlik chaqiruv rezervida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan, lekin 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘ngililik asosida xizmatga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 maydagi 229-sonli qarori asosida tashkil etilgan Oliy harbiy bojxona instituti bojxona organlari uchun bojxona ishi va yurisprudensiya mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy o‘quv yurti bo‘lib, hozirda bojxona organlaridagi bo‘sh o‘rinlar asosan uni har yili bitirayotgan tinglovchilar hisobidan jamlab kelinmoqda.
Bojxona organlariga ishga kirish istagida doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi bojxona organlarining Kadrlar xizmatiga murojaat etishingiz mumkinligini, ularning manzili Davlat bojxona qo‘mitasining internetdagi customs.uz saytiga joylashtirilganligini ma'lum qilamiz.
Savolga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ma'sul xodimi Aziz Do‘stiyorov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
Mavzuga oid

22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi

00:25 / 02.01.2025
Gurjistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tartibi o‘zgardi

11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda

19:45 / 19.12.2024