2018 yilda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida maqsadli qabul kvotalari yanada oshiriladi - vazir

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
2017 yilda tibbiy ta'lim tizimida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Tibbiy ta'lim bo‘yicha eng muhim hodisa, o‘qish muddatlarining qisqartirilgani bo‘ldi. Shuningdek, kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgacha qisqartirildi, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 85 foizgacha ko‘paytirildi, deb ta'kidlaydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 2017 yil sarhisobi bo‘yicha vazirlik saytida e'lon qilingan maqolada.
Prezident qaroriga muvofiq, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yo‘lga qo‘yildi va 2017 yilda tibbbiyot oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi.
2018 yilda bakalavriat ta'lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.
2017 yil Investitsiya dasturiga ko‘ra 27,6 mlrd so‘m mablag‘ evaziga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi va klinikasida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 100 o‘rinli jami 540 o‘rinli klinikalarda qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2018 yil Investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 14:05
-
Fintex va transport: ATTO bozor ishtirokchilarini "Raqamlilashtirish va jamoat transportini rivojlantirish istiqbollari" soha konferensiyasida birlashtiradi
O‘zbekiston | 14:00
-
WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda
Jahon | 13:50
-
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
Mavzuga oid

19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi

10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

17:30 / 05.07.2022
“Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri” - Alisher Shodmonov

19:52 / 06.07.2021