Kun.uz sayti ishga taklif qiladi!

Kun.uz yangiliklar saytida ishlashni istaysizmi?

Biz sizga juda qulay imkoniyatni taqdim qilamiz. Kun.uz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha:

- Jurnalist-muxbir (tadbirlarni yoritib boradigan, matbuot anjumanlarida ishtirok etib, dolzarb maqolalar tayyorlay oladigan);

- Jurnalist-tarjimon (eng so'nggi xabarlarni tezkorlik bilan rus va ingliz tillaridan o'zbek tiliga tarjima qiladigan);

- Korrektor (maqola va xabarlarni o'qib, ularning imlosini tuzatadigan) xodimlarni ishga taklif etadi.

O'zbek, rus (ingliz) tillarini mukammal bilish, kompyuterda bemalol ishlash va jurnalistikani bitirganligi haqida oliy ma`lumot talab etiladi.

Kun.uz’da ishlash istagi paydo bo'lgan bo'lsa, o'z ma`lumotnomangizni info@kun.uz elektron manziliga va saytimizning "Aloqa" bo'limi orqali xam "Mavzu" degan joyida "Rezyume" deb yozib yuborishingiz mumkin.