Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tadbirkor va ishbilarmonlarni to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarni olib borish yo'li (ommaviy oferta) bilan sotiladigan davlat aktivlarini sotib olishga taklif etmoqda.

Davlat aktivlarini sotib olish shartlari quyidagicha:

- eng yuqori sotib olish bahosini taklif etish;

- ushbu davlat aktivlari uchun eng yuqori miqdorda investitsiya kiritish majburiyatlarini olish;

- yangi ishchi o'rinlari tashkil etish;

- sotib olish to'lovi va investitsiya majburiyatlarini qisqa muddatlarga amalga oshirish.

Savdolarda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

- sotuvchining bank hisob raqamiga ob`yektning boshlang'ich narxidan
15 foizdan kam bo'lmagan zakalat summasi;

- takliflar (biznes-rejalar) va kerakli hujjatlar solingan hamda yelimlab yopishtirilgan, imzo bilan tasdiqlanib, muhrlangan konvertlar, ikki nusxada.

Savdo g'olibiga boshqarmaning buyrug'i qabul qilingan sanadan boshlab yigirma kun muddat ichida oldi-sotdi shartnomasini imzolash sharti yuklatiladi.

Savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalarni kabul qilish oferta savdosi boshlanishiga 1 ish kuni avval soat 16:00 da to'xtatiladi.

Takliflar bo'yicha murojaatlar Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 16”A”-uy manzilida qabul qilinadi.
(Mo'jal: Sobiq Toshkent viloyati xokimligi binosi qarshisida)
 
Murojat uchun telefonlar: 233-35-08, 233-22-83

1 qavatli bino yerto'lasining foydalanilmaydigan qismi
Dastlabki qiymati 1 707 783,04 ming so'm

1 qavatli binoning yerto'la qismi (xizmat ko'rsatish sohasi) 
Dastlabki qiymati 315 086,60 ming so'm

1 qavatli binoning yerto'la qismi (oshxona)
Dastlabki qiymati 488 085,03 ming so'm

Bino va inshootlar kompleksi
Dastlabki qiymati 44 421125,94 ming so'm

Qurilishi tugallanmagan bino
Dastlabki qiymati 1 404 154,73 ming so'm

Savdo va xizmat ko'rsatish bo'yicha mulkiy majmua
Boshlang'ich qiymat 62 073 944,45 ming so'm

Savdo va xizmat ko'rsatish bo'yicha mulkiy majmua
Boshlang'ich qiymat 42 762 493,61 ming so'm