10:58 / 01.05.2015
1730

Iroq kurdlari rahbari Obama bilan IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qiladi

938937846 Kun.uz: Iroq Kurdistoni rahbari Mas'ud Barzoniy keyingi haftada AQShga rasmiy safar uyushtiradi. Safar chog‘ida u prezident Barak Obama va uning o‘rinbosari Jo Bayden bilan uchrashadi. AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mari Xarfning ma'lum qilishicha, uchrashuvda IShIDga qarshi olib borilayotgan kurashda Kurdistonga amaliy yordam ko‘rsatish masalasida muzokara olib boriladi. Uchrashuv Oq Uyda o‘tkaziladi. Shuningdek, Xarf xonimning ma'lum qilishicha, Barzoniy prezidenti ma'muriyatining bir qator rasmiy vakillari, jumladan, davlat kotibining o‘rinbosari Entoni Blinken bilan uchrashuv o‘tkazadi. xab-
Top