17:16 / 01.05.2015
2058

Misha Ge jahonning kuchli figuristlari oltiligiga kirdi

Misha-Ge-tashkent-11

KUN.UZ: O‘zbekistonning eng yaxshi figuristi, ikki karra O‘zbekiston chempioni Misha Ge jahon figuraistlari ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Ayni paytda u bo‘lajak jahon chempinatida O‘zbekiston uchun ikkita joy olib berdi. Repden.uz resursiga bergan intervyuda Misha Ge asosiy yutuqlari uchun otasidan minnatdor ekanligini ta'kidlab o‘tdi: “Uyda men otam bilan emas, murabbiyim bilan yashayman. Uni ota deb emas, ustoz deb atash biz mashg‘ulotlarni boshlaganimizda oldimga qo‘yilgan birinchi talab edi. “Sportchi va murabbiy” tandemida biz kuniga 24 soat yashaymiz”.

Misha-Ge-tashkent-10 Shuningdek, u sport bilan professional darajada shug‘ullanishning qiyin tomonlarini aytib o‘tdi: “Chetdan qaraganda figuristning hayoti bayramga o‘xshab ko‘rinadi. Biz muz ustida uchamiz, raqs tushamiz. Ammo Xitoyda bir maqol bor: sahnada 10 daqiqa turishdan oldin 10 yil ishlash kerak. Bu haqiqat. Figurali uchish og‘ir mehnat bilan, kuniga 7 soatlik mashg‘ulotlar bilan bog‘liq. Shuningdek, bu ovqatdan tiyilish, dam olish va bayramlardan, qiziqishlar va shaxsiy hayotdan voz kechish demakdir”.

Misha-Ge-tashkent-12 “Mening eng katta yutug‘im figurali uchish bo‘yicha Shanxayda bo‘lib o‘tgan oxirgi jahon chempionatida qayd qilindi. O‘tgan yili 27-o‘rinda edim, keskin ravishda 6-o‘ringa “sakradim. Buni mening murabbiyim “ikkinchi tug‘ilish” deb atadi”, - qo‘shimcha qildi u.

xab-4
Top