12:13 / 01.05.2015
2195

O‘zbekiston AQShning intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha nazorat ro‘yxatiga kirdi

[caption id="attachment_36836" align="aligncenter" width="765"]© Fotolia © Fotolia[/caption] AQSh hukumati intellektual mulk huquqini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yillik hisobot e'lon qildi. Undan intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha nazorat ro‘yxati o‘rin oldi. Ro‘yxatga AQShning 24 savdo hamkori kiritilgan. Ular orasida MDH davlatlaridan Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bor. Ro‘yxatdagi davlatlardan ikkitasida – Tojikiston va Turkmanistonda joriy yilda intellektual mulk himoyasi sohasining navbatdan tashqari tekshiruvi o‘tkazilishi ma'lum qilingan. Ushbu ro‘yxatdan tashqari, intellektual mulk himoyasi bo‘yicha “qora ro‘yxat” ham e'lon qilingan. Unga 13 davlat nomi kiritilgan: Rossiya, Jazoir, Argentina, Venesuela, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Kuvayt, Pokiston, Tailand, Ukraina, Chili va Ekvador. O‘tgan yilgi hisobotda Ukraina “mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli” ro‘yxatdan chiqarilgan edi. Shuningdek, Kuvayt va Ekvador ham o‘tgan yilgi “qora” ro‘yxatdan o‘rin olmagan edi. Hujjatda asosiy e'tiroz Xitoy, Hindiston, Braziliya, shuningdek, AQShning yon qo‘shnilari bo‘lmish Kanada va Meksikaga bildirilgan.
Top