21:48 / 01.05.2015
2001

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarida barchaga joy yetishini ma'lum qildi

8987807

Kun.uz: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy tuman va shahar shifoxonalaridagi koykalar sonini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu hozirda uchrab turgan o‘rinlar yetishmasligi muammosini hal qilishga yordam beradi.

Bugungi kunda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi va kasallar sonini hisobga oluvchi me'yoriy usul bo‘yicha o‘rinlarni hisoblash qoidasi tasdiqlangan. Biroq bu qoida hamma joyda birdaniga kiritilmaydi. Qoida dastlab Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqil bo‘limlarni tashkil etish huquqini beruvchi me'yorlar belgilandi. Jarrohlik, oftalmologik, lor, ginekologik, homiladorlar patologiyasi bo‘limlari hisob bo‘yicha koykalar soni 15 tadan kam bo‘lmaganda ochiladi, terapevtik, kardiologik, nevrologik, endokrilogik, bolalar va yuqumli kasalliklar bo‘limlari 20 tadan kam koyka bo‘lmaganda ochiladi. Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha bo‘limdagi koykalar soni 40 tadan oshmasligi kerak. Bir yo‘nalish bo‘yicha koykalar soni 40 ta va undan ko‘proqni tashkil qilsa, unda har birida 20 tadan kam bo‘lmagan koykalar mavjud bo‘lgan ikki va undan ko‘proq bo‘lim ochishga yo‘l qo‘yiladi.

Top