17:35 / 02.05.2015
2324

Apple Watch butlovchi qismlari narxi 84 dollardan kamroqni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi

Fabrika Formatovkgrqrcgww1abbcvo Kun.uz: Apple Watch butlovchi qismlari narxi 84 dollardan kamroqni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi, deb IHC kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Business Insider nashri. Bu ko‘rsatkich Apple’ning barcha mahsulotlari orasida ularning butlovchi qismlariga sarflanadigan xarajatlarning chakana narxiga nisbatan eng kam xarajat koeffitsiyentini tashkil qiladi. IHS tadqiqotchilarining ta'kidlashicha, Apple Watch Sport butlovchi qismlari narxi soatning o‘zining chakana narxi – 349 dollarning 24 foizini tashkil qiladi. Apple’ning boshqa mahsulotlari orasida bu nisbat 29-38 foizni tashkil qiladi. Avvalroq Business Insider nashri Apple kompaniyasi narxi 10 ming dollarni tashkil qiladigan oltindan ishlangan Apple Watch modellarining har biridan soliqlar chiqarib tashlanmagan holda 7,8 ming dollar foyda olishi haqidagi hisobotlarni chop etgan edi. xab-4
Top