15:29 / 02.05.2015
1970

Gertsogina Keyt Middlton qiz farzand tug‘di

princekate-12122010-post Kun.uz: Buyuk Britaniya taxti vorisi shahzoda Uilyam va Kembrij gersoginasi hisoblanadigan Keyt Middlton oilasida yangi qiz chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Kensington saroyining rasmiy tvitteri ma'lum qildi. Xabar qilinishicha qizchaning vazni 3,7 kg bo‘ldi. Qayd qilinishicha, shahzoda Uilyam tug‘ruq vaqtida malikaning yonida bo‘lgan. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bu ma'lumotni qirolicha Elizaveta II, Edinburg gersogi, Uels shahzodasi, shahzoda Garri va qirollik xonadonining boshqa a'zolari tasdiqlashgan. Malika o‘zining ikkinchi farzandini Londonning Avliyo Mariya shifoxonasining Lindo Wing xususiy klinikasidan ikki mildan kamroq masofada joylashgan Kensington saroyida dunyoga keltirdi. Bu klinikada juftlikning birinchi farzandi Jorj tug‘ilgan. Bir necha hafta oldin shifoxonaning chap qismida mashinalar to‘xtashi taqiqlab qo‘yildi hamda telekameralar va fotosuratchilar uchun joylar taqsimlanib, chiziqlar tortib chiqildi. Shuningdek, OAV vakillari uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatildi. Yana ikkita britan shifoxonasi – Redingdagi Royal Berkshire va Kings-Linndagi Queen Elizabeth shifoxonalari chaqaloqni qabul qilish uchun to‘liq tayyorgarlik holatiga keltirildi. xab-1
Top