18:51 / 02.05.2015
1909

Lavrovga "Spartak" va "Zenit" jamoalari o‘yini natijasi ma'qul bo‘lmadi

CEAI3oJVIAAAKyg.jpg large Kun.uz: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Moskvaning "Spartak" hamda Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoalarining bugun bo‘lib o‘tgan o‘yini natijasi yoqmadi. "Chempionat" nashrining xabar qilishicha, Lavrov o‘yinni tomosha qilish uchun "Otkritiye Arena"ga tashrif buyurgan. "O‘yin yaxshi bo‘ldi. Ammo natija yaxshi bo‘lmadi. Men "Spartak" bu o‘yinda yutishi kerak edi deb hisoblayman. Umuman olganda, "Spartak" hamma o‘yinda yutishi kerak", deb intervyu bergan Lavrov. Eslatib o‘tamiz, bu o‘yinda mezbonlar o‘yinning so‘nggi daqiqasida Xalk urgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. xab-1
Top