08:10 / 02.05.2015
1966

Meyvezer Pakyaodan 400 gr og‘irroqligi ma'lum bo‘ldi

Screenshot_9 Kun.uz: Las-Vegas shahrida Pakyao va Meyvezer jangidan oldin bokschilarning vaznlari o‘lchandi. Filippinlik bokschining ayni vaqtdagi og‘irligi 65,8 kg chiqqan, uning raqibi esa 66,2 kg og‘irlikka ega bo‘lib, Menni Pakyaodan 0,4 kg og‘ir ekani ma'lum bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 may kuni Las-Vegasdagi 17 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan MGM Grand arenasida 5 vazn bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Floyd Meyvezer hamda WBO yo‘nalishida 66,7 kg vaznlilar orasida jahon chempioni hisoblanadigan Menni Pakyao o‘rtasida jang o‘tkaziladi. Bu jang uchun chiptalar 15 minutda sotib bo‘lingan edi. Qayd etish joizki bu bellashuv Sport kanali orqali, Toshkent vaqti bilan 3 may kuni tongida, soat 07:30 da efirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi. xab-
Top