19:23 / 02.05.2015
1814

Tojikiston va Turkmaniston Afg‘oniston orqali temir yo‘l o‘tkazishni rejalashtirmoqda

05-09railway-line Kun.uz: Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida 2014-2015 yillarda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturini amalga oshirish jarayoni muhokamasiga bag‘ishlangan 6-hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda asiaplus.tj xabar bermoqda. O‘tayotgan haftada Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik yig‘ilish davomida energetika, savdo, transport va kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va fan, sog‘liqni saqlash, ta'lim sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilgan. Muhokamalar davomida asosiy e'tibor transport-kommuknikatsiya sohasi, xususan Turkmaniston-Afg‘oniston-Tojikiston yangi transport yo‘li loyihasini amalga oshirishga qaratildi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolangan. Komissiya yig‘ilishida Tojikiston tomonidan Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda, Turkmaniston tomonidan esa moliya vaziri Muxammedguli Muxammedov ishtirok etdi. xab-1
Top