22:32 / 03.05.2015
1874

Mourino “Chelsi” bilan 8-chi va faoliyatidagi 22-unvonini qo‘lga kiritdi

17chelsea

Kun.uz: Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino murabbiyligi ostida “Chelsi” 2014/15 yillardagi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa portugaliyalik mutaxassis “Chelsi” bilan 8 ta unvonni: 3 marta Angliya chempionati (2004/05, 2005/06, 2014/15), 3 marta Angliya ligasi kubogi (2005, 2007, 2015) va bir martadan Angliya kubogi (2007) va superkubogini (2005) qo‘lga kiritdi.

Mourino hammasi bo‘lib faoliyati davomida 22 ta unvonni qo‘lga kiritishga sazovor bo‘ldi: “Portu” bilan 6 marta, “Chelsi” bilan – 8, “Inter – 5  va “Real” bilan 3 marta.

Top