17:10 / 03.05.2015
2527

O‘zbekiston va Malayziya sayyohlik agentliklari hamkorlik haqida kelishuv imzolaydi

87 Kun.uz: O‘zbekiston Malayziyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda yurtimizdagi asosiy sayyohlik yo‘nalishlarida, birinchi navbatda, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida katta bo‘lmagan mehmonxona majmualari, dam olish va ovqatlanish punktlarini qurishga qiziqish bildirmoqda. “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda kompaniya raisi o‘rinbosari Anvar Temirxo‘jayev Malayziya sayyohlik va madaniyat vaziri Dato Seri Muhammad Nazri ibn Abdulaziz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda ma'lum qildi. O‘z navbatida, malayziyalik vazir O‘zbekiston ham sayyohlik sohasida salmoqli tajribaga egaligi sababli ikki tomonlama asosda ikkala davlat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr bildirdi. “Malayziya hozirda amalda bo‘lgan 2005 yilda imzolangan o‘zaro hamfirklik haqida hukumatlararo memorandum asosida “O‘zbekturizm” MK va Malayziya sayyohlik va madaniyat vazirligi o‘rtasida xalqaro hamkorlik kelishuvini tuzish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga tayyor”, deb aytdi Malayziya vakili. xab-2
Top