08:40 / 03.05.2015
2173

O‘zbekistonda joriy yilning ilk choragi bo‘yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi natijalar ma'lum qilindi

Fabrika Formatov5854a0285de064d7573c2929269c224f Kun.uz: 2015 yilning 1 mayida joriy yilning 1-choragi bo‘yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi yakunlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning borishi, kelgusi faoliyatdagi istiqbol va yo‘nalishlarni aniqlab olishga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay'at ishida vazirlik boshqarmalari, bo‘limlari, sohada faoliyat yurituvchi aksionerlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Vazirlikning hududiy bo‘limlari hamda sohaning viloyatdagi korxonalarining yig‘ilishdagi ishtiroki videokonferentsaloqa yordamida amalga oshirildi. Yig‘ilish davomida uch oy davomida soha korxonalari tomonidan taqdim qilingan xizmatlar o‘sishi 24,7 foizni, shu jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘sishi 24,7 foizni, dasturiy ta'minot sohasidagi xizmatlar o‘sishi 16,8 foizni tashkil qilgani ma'lum qilindi. Chorak yakunlariga ko‘ra, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi yil boshiga nisbatan 17 foizga o‘sib, 19250 Mbit/s ni tashkil qildi. Paket kommutatsiya xalqaro markaziga ulanayotgan internet operatorlari va provayderlari uchun narxlar 10 foizga kamaytirilib, 1 Mbit/s uchun 233,27 dollarni tashkil qilgan. Internet-televideniye, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi Internet va HDTV-kanalni namoyish qilish maqsadida zamonaviy texnologiyalar asosida keng polosali foydalanish uchun 2400 kilometrdan ziyodroq optik-tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi. “UZ” hududidagi domenlar miqdori 20,4 ming donani tashkil qilgan. Soha vakillariga milliy axborot resurslarini tezlik bilan rivojlantirishni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish ishlarini tezlashtirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ham yaxshi sur'atlar bilan rivojlanayotgani qayd etildi. Portal orqali fuqaro va tadbirkorlarga umumiy hisobda 171,6 ming elektron xizmat ko‘rsatilgan. Bugungi kunda portalda 235 xil interaktiv xizmatlar taqdim qilingan. Mart oyida Ochiq ma'lumotlar portali ishlab chiqildi va sinov rejimida ishga tushirildi. Bu portaldan maqsad davlat idoralari faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlarni ularni keyinchalik qayta ishlash va tahlil qilish mumkin bo‘lgan formatda taqdim qilishdan iborat. Davlat idoralari veb-saytlari orqali turli ma'lumotnoma va hujjatlarni olish uchun murojaat yoki so‘rovni yuborish imkonini beradigan 1088 turdagi interaktiv va axborot xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilarning www.software.uz katalogida yurtimizda ishlab chiqarilgan 1795 dasturiy mahsulotlar haqida ma'lumotlar joylashtirilgan. Hay'at yig‘ilishida qo‘yilgan masalalarni muhokama qilish natijalariga ko‘ra, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni aniqlashtirib olish bo‘yicha qaror qabul qilindi. xab-4
Top